Yangiliklar

Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Ayollar huquqlari va sportda inklyuziyani rivojlantirish bo‘yicha
Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi / Foto: Instagram

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shakhnoza Mirziyoyevaga 2026-yil Xalqaro Ayollar kuni (IWD 2026) doirasida «Emerging Leader award» (Yangi avlod yetakchisi) mukofoti topshirildi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mirziyoyeva O‘zbekistonda ayollarning huquqlarini ilgari surish, gender tengligi va inklyuziyani rivojlantirish bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida tanilgan. Paralimpiya harakati doirasida u nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlarni sportda ishtirok etishini rag‘batlantiradi, ularning imkoniyatlari va yetakchilik salohiyatini kengaytiradi.

«Ushbu mukofot O‘zbekistonda Paralimpiya sporti rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha sportchilar, murabbiylar va fidoyi insonlarga tegishlidir. Sport orqali haqiqiy imkoniyatlar yaratadigan va mazmunli taraqqiyot ta’minlanadigan harakatning bir qismi ekanimdan faxrlanaman», — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Mirziyoyeva NASPda Gender Tengligi bo‘yicha Ijtimoiy Komissar lavozimini tashkil etdi, Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorovani tayinladi va kam ta’minlangan oilalardan qizlar uchun grant dasturlarini joriy qildi. UNICEF, UNDP va UNESCO bilan hamkorlikda u nogironligi bo‘lgan qizlar uchun inklyuziyani targ‘ib qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarkand Marathon xalqaro bema! mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.