Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarlik narkotikni sotayotganda qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
Foto: DXX

O‘zbekistonga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilayotgan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Birinchi holat Sirdaryo viloyatida qayd etildi. «O‘zbek – tojik» davlat chegarasining Xovos tumani, Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan chegaradagi sim to‘siqlar ustidan uloqtirilgan 6 ta sumkani qabul qilib olayotgan vaqtida 1983 va 1990-yillarda tug‘ilgan ikki nafar mahalliy fuqaro chegara naryadi tomonidan qo‘lga olindi.

Sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8 kg 314 gramm geroin va 54 kg 458 gramm opiy (pishmagan ko‘knori) borligi aniqlandi.

Ikkinchi holat Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida aniqlangan. Tezkor tadbir davomida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro avvaldan tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan olib kelingan 14 kg 680 gramm opiyni shartli xaridorga $180 mingga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent shahrida yana bir narkolaboratoriya fosh qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek