Yangiliklar

Ta’siri kuchli dorilarning retseptsiz savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi

Bu uchun jarima miqdori 2 baravar oshirildi
Dori
Ta’siri kuchli dorilarning retseptsiz savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi / Foto: Pexels.com

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravaridan 200 baravarigacha etib belgilandi (ilgari BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Agar ushbu qoidabuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran yoki ko‘p marta sodir etilsa, aybdorlar BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Yer ijarasi va migratsiya sohasidagi yangiliklar

Shuningdek, mazkur Qonun bilan Yer kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining ijarachilariga o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) imkoniyati berildi.

Soliq va boj to‘lovlari tizimidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, «Vatandosh» kartasi egalarining oila a’zolari amaldagi viza muddatini ko‘p martalik viza sifatida uzaytirganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi uchun HAACP tizimi joriy etilishi haqida yozgan edik.