
Kanal D telekanalida namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 53-qismi yana keskin voqealar bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Qism 9-mart kuni efirga uzatildi va darhol 54-qism tizeri ham e’lon qilindi. Yangi fragman voqealar yanada keskinlashishini ko‘rsatmoqda.
53-qismda Boran onasi Sadakat bilan keskin to‘qnashuvdan keyin vaziyatni o‘z foydasiga burishga harakat qiladi. Unga qarshi tuzilgan rejani ag‘darishga muvaffaq bo‘ladi. Sadakat esa ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan jinoyatning og‘irligini his qilib, haqiqatni oshkor qilish yoki o‘g‘lini himoya qilish o‘rtasida qoladi.
Bu orada Jihan va Alya sodir bo‘layotgan voqealarni sezib, Sadakatni gapirishga majbur qilmoqchi bo‘ladi. Biroq Sadakat Boranning bugungi holatiga o‘zini ham aybdor deb hisoblab, sukut saqlashni tanlaydi. Shu paytda Jihan va Alyaning asosiy maqsadi Jihan Denizni qaytarish bo‘lib qoladi.
Vaziyat barham topayotgandek tuyulgan bir paytda kutilmagan avtohalokat hamma narsani o‘zgartirib yuboradi. Bu hodisa qahramonlar hayotida yangi burilish boshlab beradi. Ayniqsa, Sadakat o‘z qarorlarining boshqa odamlar taqdiriga qanday ta’sir qilganini anglab, og‘ir ichki kurashga tushadi.
54-qism fragmanida esa Boran Alyaning oldiga kutilmagan shart bilan chiqadi. Alya o‘g‘liga yetishish uchun og‘ir qaror qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bu qaror esa uning Jihan bilan bo‘lgan munosabatlarini yana sinovdan o‘tkazadi va voqealar yangi bosqichga o‘tishini anglatadi.
«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 54-qismi 16-mart Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bridjertonlar» seriali 4-mavsumining davomi chiqqani haqida xabar berilgandi. Yangi seriyalar Benedikt Bridjerton hikoyasini davom ettiradi.
