
9-mart holatiga Yaqin Sharq davlarlari o‘rtasidagi harbiy mojarolar oqibatida mintaqada 1764 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Eronning janubidagi Minob shahrida boshlang‘ich maktabga raketa hujumi 175 nafar xodim va o‘quvchi qizlar hayotiga zomin bo‘ldi. Umumiy hisobda Eronda kamida 1230 kishi vafot etdi.
Iroq politsiyasi va sog‘liqni saqlash rasmiylarining xabar berishicha, kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, Eron tarafdori qurolli guruhlar ittifoqi komandiri vafot etdi. Isroil zarbalari oqibatida Livanda kamida 486 kishi halok bo‘ldi.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy Livanda ikki askar hamda mamlakat ichida 11 kishi vafot etdi. Jumladan 1-mart kuni Quddus yaqinidagi Beit Shemesh shahrida Eron raketasi urganida 9 kishi halok bo‘lgan edi.
Yaqin Sharqdagi urushlar oqibatida AQSh ham yo‘qotishlarga uchradi. Eron bilan olib borilgan operatsiyalar davomida yetti harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Suriyaning janubidagi Sveida shahrida to‘rt kishi, Birlashgan Arab Amirliklarida to‘rt kishi hamda Saudiya Arabistonining Al-Xarj shahrida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bahrainda ikki kishi, Kuvaytda olti kishi, O‘mon sultonligida esa bir kishi harbiy zarbalar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdan qancha o‘zbekistonlik qaytarilgani haqida yozgan edik.