
10-mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 25 ming nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p fuqaro Saudiya Arabistonidan qaytarilgan. Ushbu davlatdan 21 ming nafar o‘zbekistonlik vatanga olib kelingan. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklaridan 3,5 ming nafar, Erondan 47 nafar, Qatardan 394 nafar, Bahrayndan 27 nafar hamda O‘mondan 7 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, vatandoshlarni mamlakatga qaytarish ishlari tizimli va bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Hozirda qaytarish jarayonlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi yana bir qator reyslar bekor qilingani haqida yozgan edi.