Amazon Health AI tibbiy yordamchisini sayt va ilovaga kengaytirdi

Amazon sun’iy intellekt yordamchisi Health AI’ga sayt va ilova orqali kirish imkoniyatini kengaytirdi. Avval faqat One Medical ilovasida mavjud bo‘lgan yordamchi endi foydalanuvchilar uchun kengroq xizmat ko‘rsatadi.
Health AI foydalanuvchilarga sog‘liq bilan bog‘liq savollarga javob berish, tibbiy yozuvlarni tushuntirish, retseptlarni yangilash va uchrashuvlar belgilash imkoniyatini beradi. Amazonning ta’kidlashicha, ushbu yordamchidan foydalanish uchun Prime obunachisi yoki One Medical a’zosi bo‘lish shart emas.
Foydalanuvchi ruxsat bergan taqdirda Health AI ularning tibbiy ma’lumotlariga Health Information Exchange orqali kiradi. Shu orqali laboratoriya natijalari, tashxislar va tibbiy yozuvlar tahlil qilinib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim etiladi. Barcha muloqotlar HIPAA standartlariga mos muhitda amalga oshiriladi va shifrlash hamda qat’iy kirish nazorati bilan himoyalanadi.
Ma’lumot uchun, One Medical 2023-yilda Amazon tomonidan $3,9 mlrdga sotib olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon yangi Alexa+ sun’iy intellekt yordamchisini ishga tushirgan edi.