
Apple kompaniyasi 2026-yilda taqdim etiladigan iPhone 18 Pro modeli xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Digital Chat Station xabar qildi.
Unga ko‘ra, iPhone 18 Pro dizayni avvalgidek qoladi. Yangi flagman Face ID tizimini ekranning ostiga joylashtirmaydi. Shuning uchun Dynamic Island kesimi va korpus iPhone 17 Pro dagi kabi bo‘ldi. Kamera bloki ham o‘zgarmaydi.
Shu bilan birga, uchta asosiy apparat yangilanishi kutilmoqda. iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max yangi Apple A20 Pro chipi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, flagmanlar «katta diafragmali tasvir tizimi»ga ega bo‘ladi, ya’ni obyektivlar yorqinligi oshiriladi.
Uchinchi o‘zgarish — batareya sig‘imi oshiriladi. Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 18 Pro batareyasi 5000 mA/soatdan ortiq bo‘ladi, bu joriy modelga nisbatan 3,6% ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple rasman iPhone 17e modelini taqdim etgan edi.