ChatGPT’da dinamik vizual formulalar funksiyasi ishga tushirildi

OpenAI ChatGPT foydalanuvchilari uchun yangi dinamik vizual izohlar funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Endi foydalanuvchilar izohni o‘qish yoki statik diagrammaga qarash bilan cheklanmay, interaktiv vizuallar orqali bevosita ishlashlari mumkin. Masalan, Pifagor teoremasini o‘rganayotganda, uchburchakning tomonlarini o‘zgartirib, gipotenuzaning darhol yangilanayotganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar raqamlar va o‘zgaruvchilarni sozlab, o‘zgarishlarni darhol kuzatishi mumkin.

Ushbu funksiyani sinash uchun foydalanuvchilar ChatGPTga «Linza tenglamasi nima?» yoki «Doira yuzasini qanday hisoblash mumkin?» kabi savollar berishi mumkin. ChatGPT foydalanuvchiga nafaqat izoh beradi, balki manipulyatsiya qilinadigan interaktiv modulni ham taqdim etadi.
Hozirda dinamik vizual izohlar 70 dan ortiq matematika va fan mavzulari uchun mavjud. Binom kvadrati, Charlz qonuni, doira yuzasi, murakkab foiz, kvadratlar farqi, eksponental kamayish, kinetik energiya, chiziqli tenglamalar va Om qonuni shular jumlasidandir. Funksiya barcha tizimga kirgan ChatGPT foydalanuvchilari uchun mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT’da 100 dollarlik tarif ishga tushirilishi haqida yozgan edik.