Sport

Chempionlar ligasi: «Barselona» «Nyukasl» bilan durang o‘ynadi

Lamine Yamalning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtdagi goli «Barselona»ga durang keltirdi
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi ilk uchrashuvida Angliyaning «Nyukasl» hamda Ispaniyaning «Barselona» klublari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Sent-Jeyms Park stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy voqealari ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalariga to‘g‘ri keldi. 86-daqiqada Jeykob Merfining uzatmasidan so‘ng Xarvi Barns raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ньюкасл — Барселона. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.03.2026

Biroq o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda jarima maydonchasiga yorib kirgan Dani Olmo chalib yiqitildi. Hakam o‘n bir metrlik jarima zarbasini belgiladi. Lamine Yamal penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Foto: UEFA

Birinchi bo‘limning 34-daqiqasida Sandro Tonali ogohlantirilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Joao Kanselo (68′) va Jo Uillok (90+4′) sariq kartochka oldi. Endi jamoalar Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida kuch sinashadilar. Ushbu bahs g‘olibi musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Atletiko Madrid» o‘z uyida «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.