Avto

Chevrolet Tracker va Spark 20 ming dollardan arzon 5 ta avtomobil ro‘yxatiga kirdi

2021-yilgi modellardan iborat bo‘lgan eng ishonchli va arzon avtomobillar ro‘yxati tuzildi
Rasm Sora yordamida tayyorlandi

2021-yilgi modellardan iborat bo‘lgan eng ishonchli va arzon avtomobillar ro‘yxati tuzildi. Tanlovda avtomobillarning sifati, nosozliklar soni, qaytarib olish (recall) holatlari va bozor narxi hisobga olingan. Bu haqda Autoblog nashri xabar berdi.

Reytingga kirish uchun avtomobil $20 mingdan arzon, kam shikoyatga ega va yuqori ishonchlilik bahosiga ega bo‘lishi kerak.

Quyida 2026-yilda ikkilamchi bozorda sotib olish mumkin bo‘lgan eng ishonchli 5 ta arzon model keltirilgan.

1. Kia Forte

Foto: Kia
  • Ishonchlilik reytingi: 83/100
  • O‘rtacha narxi: $12,2 ming
  • Shikoyatlar soni: 4 ta

Bu model arzon va ishonchli sedan sifatida yaxshi tanlov hisoblanadi. Asosiy versiya 2.0 litrli 147 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Shuningdek, 201 ot kuchli 1.6 turbo versiyasi ham mavjud.

2. Hyundai Venue

Foto: Hyundai
  • Ishonchlilik reytingi: 83/100
  • O‘rtacha narxi: $13,2 ming
  • Shikoyatlar soni: 3 ta

Kichik krossover bo‘lsa-da, shahar uchun juda qulay avtomobil hisoblanadi. 121 ot kuchli dvigatel bilan jihozlangan va iqtisodiyligi bilan ajralib turadi.

3. Toyota C-HR

Foto: Toyota
  • Ishonchlilik reytingi: 90/100
  • O‘rtacha narxi: $18,550
  • Shikoyatlar soni: 2 ta

Ro‘yxatdagi eng yuqori ishonchlilik bahosiga ega model. 144 ot kuchli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, dizayni va boshqaruvdagi qulayligi bilan mashhur.

4. Chevrolet Spark

Foto: Checrolet
  • Ishonchlilik reytingi: 88/100
  • O‘rtacha narxi: $9 925

Eng arzon variantlardan biri. 1.4 litrli dvigatel (98 ot kuchi) bilan jihozlangan. Kichik bo‘lsa-da, ishonchliligi yuqori va yoqilg‘i tejamkor.

5. Chevrolet Trax

Foto: Chevrolet
  • Ishonchlilik reytingi: 89/100
  • O‘rtacha narxi: $12,9 ming
  • Shikoyatlar soni: 1 ta

Kichik krossover segmentida eng kam shikoyatga ega modellardan biri. 1.4 litrli turbo dvigatel (138 ot kuchi) bilan jihozlangan.

Ushbu modellarning barchasi arzon narx, kam nosozlik va oddiy texnik xizmat bilan ajralib turadi. Shu sababli ular byudjeti cheklangan haydovchilar uchun eng maqbul avtomobillar qatoriga kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker avtomobili uchun chegirmalar e’lon qilingani haqida yozgandi.