Haval H3’ning eng ommabop konfiguratsiyalari ma’lum qilindi

11-mart 2026 09:53 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Haval

2026-yilgi Haval H3 modelining eng ko‘p sotilishi kutilayotgan komplektatsiyasi Elite bo‘lib, u ham oldi g‘ildirakli, ham to‘liq g‘ildirakli variantlarda taklif etiladi. Bu haqda Motor1.ru nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, avtomobilning mashhurligi narx va qulaylik uyg‘unligi bilan izohlanadi. Asosiy raqobatchisi esa Haval Jolion hisoblanadi.

Haval H3’ning asosiy texnik yangiligi — 177 ot kuchiga ega, 1,5 litrli turbo dvigateldan iborat. To‘liq g‘ildirakli variantlar uchun bu dvigatel 7 pog‘onali robot uzatmalar qutisi va Torque-On-Demand tizimi bilan birga ishlaydi.

Avtomobil dizayni saqlanib qolgan, ammo orqa qismi yangilangan: raqamlar uchun joy beshinchi eshikka ko‘chirilgan, orqa oynani kattalashtirilgan va o‘chirish moslamasi qo‘shilgan. Salonda ergonomika yaxshilangan, kruiz-kontrol tugmalari rulga ko‘chirilgan, ikkinchi qatorga qulay o‘rindiq va markaziy bosh tayanch qo‘shilgan, yuqori konfiguratsiyalarda qattiq yukxona polkasi mavjud.

Yangilangan Haval H3’ning boshlang‘ich narxi taxminan $20 mingdan boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangilangan Haval H3 2026 dilerlarga yetib kela boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek