Yangiliklar

Isroilda raketa zarbasi oqibatida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Yana bir ozarbayjonlik ishchi ham vafot etgan
Isroilda raketa zarbasi oqibatida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi / Foto: Chaim Goldberg

9-mart kuni Isroilda qurilish obyektiga Eron raketasi bilan zarba berilgan edi. Zarba oqibatida ikki ishchi, jumladan 62 yoshli o‘zbekistonlik Rustam G‘ulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Adiv Murtuzov halok bo‘ldi.

Ikkala ishchi ham o‘sha hududda yashab, qurilish ishlarida ishlagan. Adiv Murtuzov 10-mart kuni kasalxonasida vafot etdi. Shu bilan Isroilda urushning joriy bosqichi boshidan beri halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi.

Rustam G‘ulomov 14 yil oldin o‘g‘li ortidan Isroilga borgan. Qizining ma’lum qilishicha, zarba paytida Rustam va hamkori obyektni ko‘zdan kechirayotgan bo‘lgan. Sirena chalinib, ishchilarga boshpana izlash tavsiya qilingan, biroq, ular ulgurmagan.

Eron raketasi markaziy Isroilning kamida olti nuqtasiga zarba berdi. Kuzatuv kamerasining yozuviga ko‘ra, sirena chalingan paytda ishchilardan biri maydonda yugurgan va bir necha soniya o‘tib, bomba portlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharqdagi mojarolar oqibatida qaysi davlatdan qancha kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edik.