MG kompaniyasi yangi elektromobilini taqdim etdi

11-mart 2026 09:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
MG kompaniyasi yangi elektromobilini taqdim etdi
Foto: MG

MG kompaniyasi MG4 oilasidagi birinchi to‘liq elektr krossover — MG 4X modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi avtomobil mashhur MG4 platformasi asosida yaratilgan bo‘lib, tez rivojlanayotgan elektr SUV segmentida raqobatlashishga mo‘ljallangan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, model nomidagi «X» belgisi «cheksiz imkoniyatlar» ma’nosini anglatadi. Bu avtomobil, ayniqsa, yosh xaridorlar uchun mo‘ljallangan.

MG kompaniyasi yangi elektromobilini taqdim etdi
Foto: MG

Yangi MG 4X dizayni MG4 oilasining umumiy uslubini saqlab qolgan. Old qismida yoritiladigan MG logotipi va butun kenglik bo‘ylab cho‘zilgan LED chiroq paneli joylashgan. Old bamper esa sport uslubini ta’kidlash uchun agressiv shaklda ishlab chiqilgan. Yon tomondan avtomobil keskin chiziqli dizaynga ega. Kuzov balandroq klirens bilan ajralib turadi, bu esa modelning SUV sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Orqa qismida esa MG4 hatchbekiga o‘xshash gorizontal LED chiroqlar ishlatiladi.

Salon hali to‘liq ochiqlanmagan. Biroq kompaniya avtomobil Oppo bilan hamkorlikda yaratilgan aqlli kokpit bilan jihozlanishini tasdiqladi. «Hand-Car Interconnection» tizimi smartfon va avtomobil multimedia tizimi o‘rtasida tez va uzluksiz ulanishni ta’minlaydi.

Foto: MG

Haydovchiga yordam tizimlari Horizon Robotics kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. MG 4X yuqori tezlikda ishlaydigan Navigate on Pilot funksiyasi va avtomatik parkovka tizimi bilan jihozlanadi.

Modelning eng muhim texnologiyalaridan biri yangi batareya tizimi hisoblanadi. MG 4X suyuq-qattiq elektrolitli batareyadan foydalanadi. Bu texnologiya issiqlik barqarorligini oshiradi va sovuq ob-havoda samaradorlikni yaxshilaydi.

Foto: MG

510 km yurish zaxirasiga ega versiya CLTC standartiga ko‘ra hisoblangan. Batareyada suyuq elektrolit ulushi atigi 5 foizni tashkil qiladi. MG 4X uzunligi 4 395 mm, kengligi 1 842 mm, balandligi 1 551 mm. G‘ildirak bazasi 2 750 mm ni tashkil etadi. Avtomobil og‘irligi 1 485 kgni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri MG 07 elektromobili qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek