Navro‘z munosabati bilan muzey va mehmonxonalarga chegirmalar e’lon qilindi

eʼlon qilindi
20 foizgacha
Xiva
Foto: Tourquality

21-mart Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda aholi va sayyohlar uchun turli chegirmalar joriy etildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bayram kunlari davomida «Vaqf» xayriya jamoat fondiga qarashli ziyoratgohlarda kirish chiptalariga 10 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarida ham chegirmalar e’lon qilinishi hamda ular bayram kunlari ochiq bo‘lishi tavsiya etilgan.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar esa mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqa joylashtirish xizmatlarida ixtiyoriy ravishda 20 foizgacha bayram chegirmalarini taklif qilmoqda. Ro‘yxat bilan ushbu portal.gov.uz havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat teatrlarida 21 – 27-mart kunlari «Teatr tomoshalari haftaligi» o‘tkaziladi. Ushbu haftalik doirasida tomoshabinlar ochiq kassalardan taklifnoma olib, spektakllarni bepul tomosha qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilangandi. Unga ko‘ra, bayram Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda o‘tkazilib, Mehribonlik, Saxovat va Muruvvat uylarida yashayotgan shaxslar holidan xabar olish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida umumxalq hashari va «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyalari tashkil etiladi.

Shuningdek