Neft narxi pasayishi ortidan dollar ham zaiflashdi

Neft narxining $90 dan pasayishi global bozorda AQSh valyutasini ham zaiflashtirdi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bunga neft zaxiralarini chiqarish ehtimoli haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.
Nashr global fond bozoridagi o‘sishlarni ham qayd etgan. Unga ko‘ra, MSCI Asia Pacific indeksi 1,9 foizga oshdi. Bu ketma-ket ikkinchi kunlik o‘sish hisoblanadi. AQSh fond indekslari fyucherslari ham 0,5 foizga ko‘tarildi.

Texnologiya kompaniyalari aksiyalari, ayniqsa, tez o‘sgan. Tahlilchilar bu sektor Yaqin Sharqdagi urush ta’siriga kamroq uchrashini ta’kidlamoqda. Masalan, Tencent aksiyalari ko‘tarilgan, Oracle kompaniyasi aksiyalari esa kutilganidan yuqori daromad hisobotidan so‘ng 8 foizga qimmatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Trampning Eron haqidagi bayonotidan keyin neft narxi pasaygani haqida yozgan edi.