«Open budjet»ning birinchi mavsum ovoz berish jarayoni boshlandi

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yilgi birinchi mavsumi doirasida loyihalar uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ovoz berish jarayoni 20-mart kuni soat 23:59 gacha davom etadi.
Fuqarolar loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun «Ochiq budjet» portali veb-sahifasi, uning mobil ilovasi yoki Telegramdagi rasmiy bot orqali ovoz berishlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Open budjet»da sheriklik loyihalarining ilk g‘oliblari aniqlangani haqida yozgandi.
Unga ko‘ra, joriy mavsumda sheriklik loyihalarining 50 foizi fuqarolar tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Shuningdek, 1-fevraldan «Ochiq budjet» portali orqali «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi o‘tkazilgandi.