
2026-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18,5 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p xorijiy korxonalar savdo sohasida (6,6 mingta) ro‘yxatga olingan. Sanoat tarmog‘i 3,8 mingta korxona bilan ikkinchi, qurilish sohasi esa 1,4 mingta korxona bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Shuningdek, axborot va aloqa sohasida 1,4 mingta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 774 ta hamda tashish va saqlash yo‘nalishida 593 ta xorijiy korxona ishlamoqda. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga jami 478 ta chet el korxonasi to‘g‘ri keladi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 217 ta, qolgan boshqa sohalarda esa jami 3,1 mingta shunday korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda qancha investitsiya jalb qilinishi haqida xabar bergan edi.