
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari «Ramazondagi saharlik yoki iftorliklarda tuxum yeyish mumkinmi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Albatta, saharlik, iftorlikda tuxum yeyish joiz. Chunki iftordan keyin ro‘zador xohlagan halol taomini yeyishlikka haqqi bor. Tuxum yeb bo‘lmaydi, degan birorta ko‘rsatma yo‘q», – deydi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.