Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra eng ko‘p buyurtma qilingan smartfonga aylandi

Jami buyurtmalarning 80 foizi shu model hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Samsung Galaxy S26 Ultra kuchli displey bilan taqdim etiladi
Foto: Samsung

Samsung Galaxy S26 Ultra AQSh bozorida katta qiziqish uyg‘otdi. Sammobile’ga ko‘ra, yangi Samsung Galaxy S26 series smartfonlari uchun oldindan buyurtmalar o‘tgan yilgi Samsung Galaxy S25 series’ga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘paygan.

Oldindan buyurtmalarning eng katta qismi aynan Galaxy S26 Ultra modeliga to‘g‘ri kelgan. Jami buyurtmalarning taxminan 80 foizi shu model hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Alohida savdo kanallari bo‘yicha ham talab keskin oshgan. AQShdagi yirik mobil operatorlarda yangi smartfonlarga talab oldingi avlodga nisbatan 70 foizdan ko‘proq oshgan. Yirik savdo tarmoqlaridan biri Best Buy do‘konlarida esa oldindan buyurtmalar hajmi ikki baravardan ham ko‘p o‘sgan.

Yangi Galaxy S26 seriyasi Janubiy Koreyada ham rekord o‘rnatgan. Atigi 7 kun ichida 1,35 mln dona smartfon uchun oldindan buyurtma berilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilgi Galaxy S25 seriyasi 1,3 mln buyurtmaga erishishi uchun 11 kun vaqt ketgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 qurilmalarida yangi xavfsizlik funksiyasi joriy etilgani haqida xabar berilgandi. Fevral oyidagi xavfsizlik patchi o‘rnatilganidan so‘ng, foydalanuvchilar sozlamalarda «Idle Auto Restart» (Faolsiz holda avtomatik qayta yuklash) nomli yangi kalitni ko‘rishlari mumkin.