Sun’iy Intelekt sababli Zeekr 007 GT narxi oshmoqda

eʼlon qilindi
Xotira chiplari va litiy qimmatlashishi oqibatida elektromobillar narxi 8 ming yuangacha ($1,2 ming) ko‘tariladi
Foto: Carnewschina

2026-yilning ikkinchi choragida yangilanadigan Zeekr 007 GT elektromobili narxi 5 mingdan 8 ming yuangacha ($700 – $1,2 ming) oshishi kutilmoqda. Bunga sun’iy intellekt sohasining jadal o‘sishi sababli xotira chiplari hamda litiy batareyalari narxining qimmatlashishi omil bo‘lgan.

Narxlar o‘sishiga texnologiya sohasidagi yuqori talab hamda litiy qazib olishdagi muammolar sabab bo‘lmoqda. TrendForce tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi yarmidan beri avtomobil xotira chiplari narxi 300 foizga oshgan. Litiy karbonat xomashyosi narxi esa bir tonna uchun 75 mingdan 170 ming yuangacha ($10,9 ming – $24,6 ming) ko‘tarilgan.

Foto: Carnewschina

Xarajatlar ortishi fonida boshqa ishlab chiqaruvchilar ham narxlarni ko‘tarmoqda. Xususan, Chery kompaniyasining Exeed brendi va FAW Bestune o‘z avtomobillari narxiga 2 mingdan 5 ming yuangacha ($300 – $700) ustama qo‘shganini e’lon qildi. Faqatgina xotira chiplarining o‘zi har bir mashina tannarxiga o‘rtacha 1 ming – 3 ming yuan ($150 – $450) qo‘shimcha xarajat yuklamoqda.

Avvallroq Kursiv Uzbekistan yangi Zeekr 8X’ning ichki dizayni namoyish etilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek