
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan harbiy harakatlar tez orada yakunlanishini e’lon qilganidan so‘ng 10-mart kuni jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Jahon bozorida Brent markali neft 11,28 foizga arzonlashib, bir barreli uchun narxi $87,8 ga tushdi. WTI esa 11,94 foizga pasayib, $83,4 ni tashkil qildi. Bunga qadar dushanba kuni neft narxi 2022-yildan beri ilk bor bir barrelli $100 ko‘rsatkichdan oshib ketgan edi.
Ma’lumot uchun, 9-mart kuni global bozorda neft narxi keskin oshib, Brent markali neft narxi bir barrel uchun $108,7 ga yetgan edi.
Biroq AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset Pentagon brifingida «dushman butunlay va uzil-kesil mag‘lub etilmaguncha» urush yakunlanmasligini ta’kidlab, xavotirlarni saqlab qoldi. Bozorni barqarorlashtirish maqsadida Xalqaro energetika agentligi va G7 davlatlari qariyb 1 mlrd barrel favqulodda zaxira neftini muomalaga chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan neft va gaz sohasida 11 ta yangi quduq ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.