Umra safarlari qayta tiklanmoqda — maxsus tartiblar belgilandi

eʼlon qilindi
Avval qo‘yilgan yo‘lovchi turi va fuqaroligi bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi
Haj-2025
Foto: UzAirways

10-martdan boshlab, O‘zbekiston hududidan Saudiya Arabistoni va BAAga ikki tomonlama yo‘lovchi tashish, ya’ni olib borish va qaytarish parvozlarini tashkil etishga ruxsat berildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. Shu bilan birga, avval qo‘yilgan yo‘lovchi turi va fuqaroligi bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.

Umra ziyoratchilari uchun maxsus tartiblar

Saudiya Arabistoni parvozlarida ayniqsa «Umra» mavsumi nihoyasiga yetayotgani va Haj – 2026 mavsumidan oldin barcha Umra ziyoratchilari Saudiya Arabistoni qonunchiligiga muvofiq mamlakatdan chiqib ketishi sharti inobatga olingan. Shu sababli:

  • «Uzbekistan Airports» AJ barcha yo‘lovchilarning ortga qaytish aviachiptasi mavjudligini tekshiradi. Aviachiptasi bo‘lmaganlar ro‘yxati aviakompaniyalar va turoperatorlar bo‘yicha shakllantiriladi va har kuni «O‘zaviatsiya» agentligidagi Shtabga kiritiladi.
  • Rezident va xorijiy aviakompaniyalar faqat Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan tegishli litsenziya olgan turoperatorlar orqali Umra ziyoratchilarini tashlaydi.

Yo‘lovchilar va turoperatorlar majburiyatlari

  • Har bir yo‘lovchiga borish-kelish aviachiptasi, mehmonxona, transfer, ovqatlanish va sug‘urta hujjatlari berilishi shart.
  • Aviachiptada ko‘rsatilgan vaqtda aeroportga yetib borish majburiyati mavjud.
  • Yo‘lovchilar doimiy ravishda o‘z turoperatorlari va turagentlari bilan aloqada bo‘lishlari lozim.

Xavfsizlik va nazorat

Parvozlar Xalqaro havo tashuvlari qoidalari, Saudiya Arabistoni va BAAning vakolatli organlari tomonidan belgilangan talab va tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.

«O‘zaviatsiya» agentligi aviachiptasi bo‘lmagan yo‘lovchilar haqida ma’lumotni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Turizm qo‘mitasi va Prokuratura organlariga yetkazadi.

Transport vazirligi vaziyatni doimiy ravishda monitoring qilib, zarur qo‘shimcha ko‘rsatmalarni hukumat bilan kelishgan holda beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Umra vizalari 19-martdan keyin rasmiylashtirilmasligi haqida yozgandi.

O’zbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish markazi Umra vizalarini rasmiylashtirishning oxirgi sanasi 2026-yil 19-mart etib belgilanganini ma’lum qilgandi. Xorijiy ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga kirish uchun so‘nggi muddat 2-aprel. Barcha ziyoratchilar 18-aprelga qadar mamlakatdan chiqib ketishlari lozim.

Shuningdek