Yangi Honor Magic V6 smartfoni taqdim etildi

eʼlon qilindi
Smartfonning boshlang‘ich narxi 1300 dollarni tashkil qiladi
Foto: Honor

Xitoyda Honor kompaniyasining eng yupqa va buklanuvchi smartfoni Honor Magic V6 taqdim etildi. Qurilma qalinligi yoyilgan holatda atigi 4 mmni tashkil qiladi.

Honor Magic V6 smartfoni Snapdragon 8 Elite Gen5 protsessori va 7150 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerodli batareya bilan jihozlangan. Uning og‘irligi 219 grammni tashkil etib, yig‘ilgan holatda qalinligi 8,75 mmga teng. Shuningdek, xaridorlarga 6850 mA/soat batareyali versiyasi ham taklif etiladi.

Foto: Honor

Qurilmaning ichki ekrani 7,95 dyuym, tashqi ekrani esa 6,52 dyuym hajmga ega bo‘lib, ikkalasi ham stilus bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon 50 megapikselli asosiy va keng burchakli, shuningdek, 64 megapikselli periskop kameralar bilan ta’minlangan. Displeylarning maksimal yorqinlik darajasi mos ravishda 5 ming va 6 ming nitga yetadi.

Foto: Honor

Yangi modelning 12/256 GB xotirali bazaviy versiyasi narxi $1,3 ming etib belgilangan bo‘lsa, eng yuqori 16 GB/1 TB versiyasi $1,7 mingga baholanmoqda. Xaridorlarga 120 Vt quvvatli quvvatlash uskunasi va ekranlarni bir yil ichida bepul almashtirish sug‘urtasi bepul taqdim etiladi. Smartfon Android 16 operatsion tizimida ishlaydi hamda IP68/IP69 himoya standartlariga javob beradi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor Magic V6 smartfoni ikki xil versiyada taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek