Yangiliklar

12-mart kuni metan «zapravka»lar jamoat transporti uchun ishlaydi

Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari sabab
метановая заправка
Foto: Autostrada.uz

Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari sabab 12-mart kuni metan «zapravkalar» faqat ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, gaz bosimining pastligi sabab, birinchi navbatda, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash kerak.

«Shunga koʻra, bugun metan “zapravkalar» ijtimoiy soha obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi. Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilib, yetarli miqdоrda yetkazib berilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-martdan metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgani haqida xabar bergan edi.