Avto

Avatr 06T avtomobili qanday imkoniyatlar bilan taqdim etildi

Model 2026-yilning ikkinchi choragida bozorga chiqishi kutilmoqda
Avatr 06T avtomobili qanday imkoniyatlar bilan taqdim etildi
Foto: Avatr

Xitoyning Avatr kompaniyasi yangi Avatr 06T universal elektromobilining ishlab chiqarish versiyasi rasmlarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nasri xabar bermoqda. Model 2026-yilning ikkinchi choragida bozorga chiqishi kutilmoqda.

Avatr 06T aslida Avatr 06 sedani asosida yaratilgan universal versiya hisoblanadi. Avtomobil yangi to‘q sariq rangda namoyish qilindi va modelning yakuniy dizayni tasdiqlandi.

Texnik ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil uzunligi 4940 mm, kengligi 1960 mm, balandligi 1475 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi esa 2940 mm.

Foto: Avatr

Elektromobilning to‘liq elektr versiyasi 89,33 kVt/soat batareya bilan jihozlanadi. U ikki xil motor konfiguratsiyasida taklif etiladi. Eng kuchli versiyada uchta elektromotor o‘rnatilgan. Old tomonda 210 kVt quvvatli motor, orqa tomonda esa ikkita 251 kVt motor joylashgan. Umumiy quvvat 712 kVt yoki 955 ot kuchini tashkil qiladi. Modelning yurish zaxirasi CLTC sikliga ko‘ra 740 kmdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Avtomobilning gibrid EREV versiyasi ham bo‘ladi. Unda 1,5 litrli turbomotor va 45,06 kVt-soat batareya ishlatiladi. Bu versiya faqat elektr rejimida 330 km masofa bosib o‘ta oladi. Dizayn jihatidan Avatr 06T sedandan farq qiladi. Yangi modelda an’anaviy orqa oynali kuzov qo‘llangan. Sedanda esa orqa oynasiz dizayn ishlatilgan edi.

Foto: Avatr

Model Huawei bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalar bilan jihozlangan. Avtomobil Huawei ADS 4.0 haydovchiga yordam tizimi va 192 qatorli LiDAR sensoriga ega. Bu sensor atrofni 250 metrgacha aniqlay oladi.

Salon ichida 35,4 dyuymli panoramali displey va 15,6 dyuymli markaziy sensorli ekran o‘rnatilgan. Avatr 06T rasmiy taqdimoti 2026-yil may oyida bo‘lishi kutilmoqda. Modelning savdosi ham shu davrda boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Avatr 06T avtomobili rasmiy tasvirlarda namoyish etilgani haqida yozgan edi.