BMW nega 147 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olmoqda

12-mart 2026 09:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BMW nega 147 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olmoqda
Foto: Top Gear

BMW Xitoyda import qilingan 147,8 mingta avtomobilni qaytarib olish kampaniyasini boshladi. Bunga starter motoridagi nosozlik sabab bo‘lgan. Bu haqda IThome nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muammo starter motor qismlarida yuzaga keladigan g‘ayritabiiy eskirish bilan bog‘liq. Bunday nosozlik ayrim holatlarda dvigatel bo‘limida qizib ketish va hatto yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: CNC

Qaytarib olish aksiyasi 2020-yil iyuldan 2022-yil dekabrgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli. Xitoy Davlat bozor nazorati boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘p marotaba dvigatelni ishga tushirish starter ichki qismlarining yemirilishiga olib keladi. Natijada yuqori qarshilikli qisqa tutashuv yuzaga kelishi mumkin.

BMW muammoni bartaraf etish uchun avtomobillarga kuchaytirilgan starter motorlarini o‘rnatadi. Ushbu qismlar yuqori elektr yuklamalariga bardosh bera oladi.

Qaytarib olish kampaniyasi BMW’ning bir qator mashhur modellari uchun amal qiladi. Ular orasida BMW 7 Series, 2 Series, 3 Series, 4 Series hamda X4, X5 va X6 krossoverlari bor.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BMW 7 Series 2026 qanday texnik xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek