BMW yuz minginchi krossoverini ishlab chiqardi

12-mart 2026 18:35 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Car and Driver

BMW kompaniyasi Rosslyn zavodida to‘rtinchi avlod BMW X3 krossoverining yuz minginchi nusxasini ishlab chiqardi. Yubiley avtomobili Fire Red rangdagi plug-in gibrid bo‘lib, u eksport uchun Avstraliyaga yuboriladi, deya yozmoqda Tarantas News nashri.

Mazkur zavod BMW’ning global ishlab chiqarish tarmog‘ida muhim o‘rin tutadi. Hozirda u xalqaro bozorlar uchun BMW X3 gibrid versiyasi ishlab chiqariladigan yagona ishlab chiqarish maydonchasi hisoblanadi. Shu sababli korxona brendning elektrlashtirilgan krossoverlari ishlab chiqarishida asosiy markazlardan biri sanaladi.

Korxona Pretoriya shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, bir necha o‘n yillardan beri faoliyat yuritadi. Shu vaqt ichida zavodda 1,8 milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan. Avval bu yerda BMW X3 uchinchi avlod modeli ham yig‘ilgan.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi ushbu natija muhandislar, texniklar, ishlab chiqarish jamoalari hamda yetkazib berish va logistika hamkorlarining samarali mehnati natijasidir.

Bundan tashqari, zavod Janubiy Afrika avtomobil sanoati uchun mutaxassislar tayyorlashda ham ishtirok etadi. Bu yerda stajyorlar, o‘quvchilar va yosh muhandislar amaliy ishlab chiqarish jarayonida tajriba orttiradi.

BMW’ning ta’kidlashicha, BMW X3 kabi modellar kompaniyaning global strategiyasida muhim rol o‘ynashda davom etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW nega 147 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek