CAFA U-17 Championship 2026 turniri Toshkentda bo‘lib o‘tadi

12-mart 2026 17:59 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: CAFA

Toshkentdagi Milliy futbol markazida 2026-yilning 4–14-aprel kunlari CAFA U-17 Championship 2026 turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Turnirda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari ishtirok etadi. Musobaqada O‘zbekiston sharafini Ayder Kurbayev boshqaruvidagi U-16 terma jamoasi himoya qiladi.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) qaroriga ko‘ra, 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi saralash tizimida o‘zgarishlar tasdiqlandi. Endilikda CAFA kabi mintaqaviy chempionatlar qit’a birinchiligiga yo‘llanma beruvchi asosiy turnir vazifasini o‘taydi. Xususan, 2027-yilda o‘tkaziladigan mintaqaviy musobaqa Osiyo Kubogi-2028 uchun saralash bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov CAFA Nations Cup – 2025 finalida stadion qo‘riqchisi bilan janjallashib qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek