Yangiliklar

Dollar yana tushdi: 13-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

12-mart kuni esa 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni tashkil etgani haqida yozgan edi
Курс доллара
Foto: Unsplash

13-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

5-mart kuni dollar 30,05 so‘mga tushib, 12 179,81 so‘mni, 6-mart kuni esa 4,28 so‘mga tushib, 12 175,53 so‘mni tashkil qildi. 10-mart kuni dollar 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mga yetgandi. 11-mart kuni esa 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni, 12-mart kuni esa 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 77,41 so‘mga tushib, 13 990,36 so‘mni, rubl 0,32 so‘mga tushib, 153,08 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.