Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar 16-martdan qabul qilinadi

eʼlon qilindi
Arizani uch xil usulda topshirish mumkin
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar 16-martdan qabul qilinadi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar 16-martdan qabul qilinadi / Foto: Facebook.com

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalar joriy yilning 16-mart kuni soat 14:00 da qabul qilinadi. Bu haqda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholanishi va kamida 30 ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ida, respublika hududlari bo‘yicha mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi va o‘rtacha oylik daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlarga javob berishi talab etiladi.

Arizalarni quyidagi usullar orqali topshirish mumkin:

  • Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;
  • myGov mobil ilovasi;
  • my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza yuborish.

Ariza topshirish jarayonida OneID tizimining shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash uchun ruxsat berilgan bo‘lishi lozim. Kredit tarixini olishga vaqtinchalik cheklov qo‘yilmagan bo‘lishi kerak, aks holda ariza rad etilishi mumkin. Harbiy tuzilmalar xodimlari esa arizani faqat davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib topshirishlari mumkin.

Subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratishda ishtirok etuvchi tijorat banklarining ro‘yxati quyidagicha:

  1. Agrobank;
  2. Aloqabank;
  3. Asakabank;
  4. Asia Alliance Bank;
  5. Biznesni rivojlantirish banki;
  6. Hamkorbank;
  7. Ipak yo‘li banki;
  8. Ipotekabank;
  9. Mikrokreditbank;
  10. Orient Finans bank;
  11. Trastbank;
  12. Turonbank;
  13. Xalq banki;
  14. O‘zmilliybank;
  15. O‘zsanoatqurilishbank.

Eslatib o‘tamiz, bundan buyon Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha kvadrat metr narxlarini muntazam e’lon qilib boradi.

Shuningdek