Mojtaba Xomanaiyning salomatligi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

eʼlon qilindi
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili yangi rahbar hujumdan so‘ng sog‘ayayotganini tasdiqladi
Foto: Reza B / Middle East Images / AFP via Getty Images

Eronning yangi oliy rahbari etib saylangan Mojtaba Xomanaiy hujum oqibatida jarohat olgan, biroq hozirda uning ahvoli barqarorlashmoqda. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘oiy ma’lum qildi.

Ismoil Bag‘oiy Italiya nashriga bergan intervyusida Mojtaba Xomanaiyning qachon birinchi rasmiy nutq bilan chiqish qilishi hozircha noma’lumligini bildirdi.

«U jarohat olgan, lekin hozir ahvoli yaxshi. Birinchi nutqini qachon so‘zlashini bilmayman», — dedi matbuot kotibi.

Shuningdek, TIV vakili yangi oliy rahbarning saylanish jarayoniga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, rahbarlik lavozimiga uch yoki to‘rtta nomzod ko‘rib chiqilgan.

«Ekspertlar Assambleyasining ko‘pchilik a’zolari Konstitutsiyaga muvofiq aynan uni tanlashdi. Bu esa bizning tizimimiz faqat bir kishi tomonidan boshqarilmasligini ko‘rsatadi», — deya qo‘shimcha qildi Bag‘oiy.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eronning yangi oliy rahnamosi yaralangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek