Yangiliklar

O‘tgan yilda umumiy ovqatlanish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar ma’lum bo‘ldi

1,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan
soliq
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

2025-yilda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu summaning 335,5 mlrd so‘mi yoki qariyb 19,6 foizi eng yirik 20 ta kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 4,7 trln so‘mni tashkil etgan, ularga berilgan soliq imtiyozlari esa 46,3 mlrd so‘m bo‘lgan.

Yil davomida eng katta soliq to‘lovchiga aylangan kompaniya – International Foodchain. U KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi bo‘lib, 89,5 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Ikkinchi o‘rinni Mak Food Servis egalladi. Evos brendi bilan ishlovchi kompaniya Davlat budjetiga 69 mlrd so‘m soliq o‘tkazgan. Kuchli uchlikni esa 40,4 mlrd so‘m bilan Ketring yakunlab berdi. Ushbu korxona Uzbekistan Airways aviakompaniyasining umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi sho‘ba tashkiloti hisoblanadi.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta umumiy ovqatlanish korxonasi (2025)

#KompaniyaBrend / yo‘nalishSoliq (mlrd so‘m)
1International FoodchainKFC89,5
2Mak Food ServisEvos69
3KetringUzbekistan Airways catering40,4
4Oqtepa Food ServiceOqtepa Lavash38,7
5Good Food CateringCatering xizmatlari9
6Feedup EcoFast food8,1
7SavdoOvqatlanish xizmati7,5
8PJ Eastern GroupRestoran tarmog‘i7,3
9Bellissimo Pizza InternationalPizza tarmog‘i7,1
10Maxway FoodFast food6,8
11French PastryPishiriqlar tarmog‘i6,5
12MOB GroupRestoran biznesi6,4
13Vanilla FoodOvqatlanish xizmati5,9
14Chef CateringCatering5,9
15Alfa BestOvqatlanish xizmati5,9
16WencafKafe tarmog‘i4,8
17Real Business TradeOvqatlanish xizmati4,5
18The Choyxona GroupRestoran tarmog‘i4,2
19LambicRestoran4
20Dodo Pizza TashkentPizza tarmog‘i4

Avvalroq Kursiv Uzbekistan farmatsevtikada brend nomidan foydalanish uchun to‘lanadigan soliq 5 foizga tushirilishi haqida yozgandi.