Yangiliklar

Payme tarkibidan yangi TBC TECH kompaniyasi ajratib chiqariladi

Shu orqali qayta tashkil etiladi
Foto: Payme

Payme kompaniyasi tarkibidan yangi TBC TECH kompaniyasining ajratib chiqarish jarayoni boshlandi.

«Payme» AJ aksiyadorlarining 2026-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishida kompaniyani ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish (reorganizatsiya) to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Payme bazasida mustaqil faoliyat yurituvchi yangi TBC TECH kompaniyasi tashkil etiladi.

Reorganizatsiya doirasida Payme o‘zining ayrim aktivlari, majburiyatlari hamda xodimlarining ma’lum qismini yangi tuzilma tarkibiga o‘tkazadi. Jarayon O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga muvofiq hamda Markaziy bank bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Qarorga binoan, Payme bosh direktoriga qayta tashkil etish bilan bog‘liq barcha zarur yuridik va tashkiliy ishlarni boshlash vazifasi yuklatilgan. Avvalo kompaniya aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilish uchun maxsus komissiya tuziladi hamda taqsimlash balansi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda, yangi tashkil etilayotgan TBC TECH kompaniyasiga o‘tkaziladigan xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda TBC Uzbekistan operatsion daromadini 64 foizga oshirgan edi.