Hydra Saiga xakerlar guruhi O‘zbekiston davlat idoralariga kiberhujum qilgan bo‘lishi mumkin

eʼlon qilindi
Kiberhujumlar 2024-yil sentabridan 2025-yil martigacha davom etgan
Adliya vazirligi, Energetika vazirligi va Soliq qo‘mitasida kiberxavfsizlik bo‘limlari tashkil etiladi
Qozog‘istonlik xakerlar O‘zbekiston davlat idoralariga kiberhujumlar uyushtirgan / Foto: Facebook

Kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi tadqiqot markazlaridan biri bo‘lgan VMRay mutaxassislari Markaziy Osiyo uchun xavotirli tahliliy hisobotni e’lon qildi. Unda Hydra Saiga nomi bilan tanilgan xakerlar guruhi mintaqa davlatlarining qator muhim tashkilotlariga qator kiberhujumlar uyushtirgani qayd etilgan.

Mazkur guruh YoroTrooper, ShadowSilk va Silent Lynx nomlari bilan ham tanilgan. Tadqiqotchilarga ko‘ra, ular hukumat idoralari, energetika sohasi hamda muhim infratuzilma obyektlariga qaratilgan keng ko‘lamli kiberjosuslik faoliyati bilan shug‘ullangan. Xususan, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimliklari va ayrim ilmiy-tadqiqot institutlari hujumlar nishoniga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kiberhujumlarning faol bosqichi 2024-yil sentabrdan 2025-yil martgacha davom etgan. Mutaxassislar hakerlarning asosiy qiziqishi suv resurslarini boshqarish tizimlariga qaratilganini ta’kidlamoqda. Bu esa nafaqat ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, balki suv va energetika tizimlari haqida strategik axborot to‘plashga urinish bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilar fikricha, Hydra Saiga guruhining faoliyati moliyaviy foydadan ko‘ra geosiyosiy va strategik maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli yuqori. Nishonlar tarkibi va hujumlar yo‘nalishidan kelib chiqib, ayrim mutaxassislar bu faoliyatni mintaqadagi muhim resurslar haqidagi axborot ustunligini qo‘lga kiritishga qaratilgan kiberjosuslik harakatlari sifatida baholamoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday «davlat homiyligidagi» deb taxmin qilinadigan xakerlik guruhlari ko‘pincha moliyaviy daromad olishdan ko‘ra strategik ma’lumotlarni yig‘ish va muhim infratuzilmalar haqida razvedka ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga intiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda kriptovalyuta sohasida xakerlar 2,7 mlrd dollar mablag‘ni o‘g‘irlagan edi.

Shuningdek