Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida o‘pirilgan yo‘l sabab avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi — ro‘yxat

eʼlon qilindi
Mazkur holat ishlar toʻliq yakunlangunga qadar amal qiladi
Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida o‘pirilgan yo‘l sabab avtobus yo‘nalishlari o‘zgardi — ro‘yxat
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi yo‘l qismi o‘pirilib tushgandi. Hozirda mazkur holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shu sabab ushbu hududda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanmoqda.

Xarita Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasiga ko‘ra, Temur Malik ko‘chasi orqali qatnaydigan quyidagi avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi:

  • 49-sonli avtobus yo’nalishining TTZ ASHB tomon harakati T.Malik, Sultoniya, Sho’rtepa-2, Sho’rtepa, T.Malik ko’chalari orqali tashkil etiladi;
  • 128-sonli avtobus yo’nalishining harakati ikki tomonlama T.Malik, Do’rmon yo’li, Mirzo Ulug’bek, T.Malik ko’chalari orqali tashkil etiladi;
  • 149-sonli avtobus yo’nalishining harakati ikki tomonlama Mingbuloq, Sh.Burxonov, Mirzo Ulug’bek, T.Malik ko’chalari orqali tashkil etiladi.

Mas’ullar ko‘chalardagi tirbandlik va yo‘llardagi cheklovlar sabab yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar ham kiritilishi mumkinligini bildirdi. Shu bois avtobuslar harakat intervali odatdagidan uzoqroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Temur Malik ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasidan Sultoniya ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Shu o‘rinda, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanmaydi, biroq Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasiga tushish-chiqish yo‘llari vaqtincha yopiladi.

«Mazkur cheklovlar ishlar toʻliq yakunlangunga qadar amal qiladi. Haydovchilardan yoʻnalishlarni oldindan rejalashtirish, vaqtincha oʻrnatilgan yoʻl belgilariga hamda masʼul xizmatlar xodimlari koʻrsatmalariga qatʼiy rioya etish soʻraladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri bekatlardagi do‘koni buzilgan tadbirkorlarga turizm ko‘chalaridan joy berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek