Gadjetlar

Vivo yangi Y51 Pro 5G smartfonini kuchli batareya bilan taqdim etdi

Narxi $270 dan boshlanadi
Vivo yangi Y51 Pro 5G smartfonini kuchli batareya bilan taqdim etdi / Foto: Vivo

Vivo Hindistonda Y-seriyasining yangi smartfoni Y51 Pro 5G’ni taqdim etdi. Ushbu model oʻtgan yilning sentyabrida chiqgan vivo Y31 Pro 5G’ning vorisi hisoblanadi.

Y51 Pro 5G MediaTek Dimensity 7360-Turbo chipseti bilan ishlaydi va 7,200 mAh batareyaga ega boʻlib, 44V tez quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon 6,75 dyuymli LCD ekranga ega boʻlib, u 120Hz yangilanish tezligi va HD+ ruxsatini taklif qiladi. Qurilma Android 16 asosidagi OriginOS 6 tizimida ishlaydi va IP68 hamda IP69 chang va suvga chidamlilik standartlariga javob beradi.

Foto: Vivo

Qurilmaning orqa kamerasi 50MP asosiy sensor va 2MP chuqurlik sensori bilan jihozlangan, selfi va video qo‘ng‘iroqlar uchun esa 8MP old kamera mavjud. Yon tomonda barmoq izi skaneri, stereo karnaylar, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4, GPS va dual SIM imkoniyati taqdim etilgan.

Y51 Pro 5G qalinligi 7,8 mm, og‘irligi esa 219 g. Smartfon Festive Red va Noble Gold ranglarida sotuvga chiqarilgan. Narxlar 8GB/128GB modeli uchun $270, 8GB/256GB modeli uchun esa $305 dan boshlanadi.

Foto: Vivo

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo kompaniyasi yangi Y37+ smartfonini taqdim etgan edi.