WhatsApp o‘smirlar uchun ota-onalar nazoratidagi akkauntlarni joriy etdi

12-mart 2026 16:45 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
WhatsApp messenjeri guruh tarixi funksiyasini ishga tushirdi
WhatsApp o‘smirlar uchun ota-onalar nazoratidagi akkauntlarni joriy etdi / Foto: Tech Advisor

WhatsApp o‘smirlar uchun ota-onalar tomonidan nazorat qilinadigan akkauntlarni taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Foto: WhatsApp

Akkauntni yaratish va boshqarish to‘liq ota-onaning nazorati ostida bo‘ladi. Ota-ona farzandiga kimlar yozishi mumkinligini, u qaysi guruhlarga qo‘shilishi mumkinligini belgilaydi. Shuningdek, noma’lum kontaktlardan kelgan xabar so‘rovlarini ko‘rib chiqish va akkauntning maxfiylik sozlamalarini boshqarish imkoniyati ham mavjud. Barcha nazoratlar maxsus ota-ona PIN-kodi orqali himoyalanadi.

Foto: WhatsApp

Funksiyadan foydalanish uchun akkaunt yaratish jarayonida More options (Boshqa imkoniyatlar) bandi tanlanib, «Create a parent-managed account» (Ota-ona boshqaruvidagi akkaunt yaratish) funksiyasi faollashtiriladi. Keyin bolaning telefon raqami ro‘yxatdan o‘tkazilib, tasdiqlanadi va tug‘ilgan sanasi kiritiladi.

Foto: WhatsApp

So‘ng bolaning qurilmasida paydo bo‘lgan QR-kod ota-onaning telefonidan skaner qilinadi. Shu orqali bolaning WhatsApp akkaunti ota-ona akkaunti bilan bog‘lanadi va oltita raqamdan iborat ota-ona PIN-kodi yaratiladi. Ushbu tizim bolaning xavfsiz va nazorat ostida ilovadan foydalanishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp xabarlarni avtomatik yuborish funksiyasini ishlab chiqishi haqida yozgan edik.

Shuningdek