YChL: Valverde «Man Siti»ni tiz cho‘ktirdi, PSJ «Chelsi»ni yanchib tashladi

12-mart 2026 11:08 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

11-mart kuni Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Turnir favoritlari va musobaqa kashfiyoti hisoblangan jamoalar dastlabki o‘yinlarni o‘tkazdi.

«Real Madrid» – «Manchester Siti» 3:0

Foto: Straitstimes.com

«Santyago Bernabeu» stadionida kechgan bahsda «Real Madrid» Angliyaning «Manchester Siti» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramoni Federiko Valverde bo‘lib, u birinchi bo‘limning o‘zida het-trik qayd etdi. O‘yinni stadiondan 76 ming nafar tomoshabin bevosita kuzatib bordi.

Реал Мадрид — Манчестер Сити. Обзор матча Лиги чемпионов. 11.03.2026

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma 60-daqiqada Vinisius Junior tepgan penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ingliz klubi hujumda yetarlicha xavf tug‘dira olmadi va madridliklar ishonchli g‘alabani saqlab qoldi. Jarohat olgan Kilian Mbappe va Jud Bellingemning yo‘qligiga qaramay, Ispaniya klubi keyingi bosqich sari katta qadam tashladi.

PSJ «Chelsi» 5:2

Foto: The Guardian

Fransiya granti PSJ va «Chelsi» o‘rtasida kechgan sermahsul o‘yinda mezbonlar 5:2 hisobida zafar quchdi. Dastlab Bredli Barkola 10-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, londonliklar Malo Gyusto va Entso Fernandesning gollari evaziga ikki bor muvozanatni tiklashga (2:2) erishdi.

ПСЖ — Челси. Обзор матча Лиги чемпионов. 11.03.2026

Uchrashuv burilishi «Chelsi» darvozaboni Filip Yorgensenning xatosidan so‘ng yuz berdi va bundan unumli foydalangan Vitinya 74-daqiqada PSJni yana oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Xvicha Kvaratsxeliya 86 va 90+4-daqiqalarda ikkita gol urib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi – 5:2.

«Bayer» – «Arsenal» 1:1

Foto: BBC

Leverkuzenda kechgan bahsda esa «Bayer» va «Arsenal» 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ikkinchi bo‘limning birinchi daqiqasida Robert Andrix burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Bu «Arsenal»ning joriy mavsum Chempionlar ligasida ilk bor hisobda ortda borishi edi.

Байер — Арсенал. Обзор матча Лиги чемпионов. 11.03.2026

Londonliklar mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun o‘yin oxirigacha harakat qildi va maqsadiga yetdi. 89-daqiqada Kay Haverts o‘zining sobiq jamoasi darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga durang keltirdi.

«Budyo-Glimt» – «Sporting» 3:0

Foto: BBC

Turnirning joriy mavsumdagi kashfiyoti bo‘lgan Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasi o‘z maydonida Portugaliyaning «Sporting» klubini 3:0 hisobida tor-mor etdi. Gollarga 32-daqiqada Sondre Fet, birinchi taym so‘nggida Ole Blomberg va 71-daqiqada Kasper Xyog mualliflik qildi.

Буде-Глимт — Спортинг. Обзор матча Лиги чемпионов. 11.03.2026

Uchrashuv sun’iy qoplamali Aspmyura stadionida deyarli 8 ming nafar muxlis qarshisida o‘tdi. Ma’lumot uchun, norvegiyaliklar turnirda ketma-ket beshinchi g‘alabasini tantana qildi. Bungacha «Man Siti», «Atletiko Madrid» va ikki marta «Inter» taslim etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chempionlar ligasida «Barselona» «Nyukasl» bilan durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek