Yangiliklar

14-martdan «metan zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanadi

13-mart kuni shoxobchalar faqat ijtimoiy soha obyektlari va jamoat transportiga xizmat ko‘rsatadi
10-martdan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

O‘zbekistonda 14-mart kunidan boshlab «metan zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklana boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

13-mart kuni «metan zapravka»lar faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobillar hamda jamoat transporti uchun ochiq bo‘ladi. Shoxobchalarning kelgusi ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 12-mart kuni magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari sabab metan «zapravkalar» faqat ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritishi haqida xabar berilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-martdan metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilishi haqida yozilgan edi.