Aholisi eng kam bo‘lgan 10 ta tuman va shahar e’lon qilindi

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatning doimiy aholisi hamda eng kam aholi yashaydigan hududlar ro‘yxatini taqdim etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholisi eng kam bo‘lgan hududlar o‘nligini Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri boshqarib turibdi. Ushbu shaharda doimiy yashovchilar soni 9,5 ming nafarni tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarni 15,2 ming nafar aholi bilan Tomdi tumani hamda 19,4 ming nafar ko‘rsatkich bilan Sirdaryo viloyatining Shirin shahri egallagan.
Ro‘yxatning kuchli beshligini 20,7 ming aholi bilan Qorovulbozor hamda 21,8 ming kishi bilan Bo‘zatov tumanlari yakunlab bergan.
Shuningdek, aholisi soni nisbatan kam bo‘lgan hududlar o‘nligiga quyidagi tumanlar ham kiritilgan: Jizzax viloyatidan Yangiobod (30,5 ming nafar), Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Mo‘ynoq (34,1 ming nafar) va Taxtako‘pir (38,9 ming nafar), Navoiy viloyatidan Konimex (36,9 ming nafar) hamda Uchquduq (39,9 ming nafar) tumanlari.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan xorijiy korxonalar soni 18 mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.