
2025-yilda Majburiy ijro byurosiga aliment undirish bilan bog‘liq masalada kelib tushgan 70 mingta murojaatning 30 foizi qanoatlantirilmagan. Bu haqda prezident raisligidagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev hokimlarning aliment to‘lovchilar bilan ishlashdagi sustkashligi tanqid ostiga oldi. Mutasaddilar aliment to‘lovchilarning qanchasi ishsiz ekani yoki kasbga o‘qitishga muhtojligini yetarlicha tahlil qilmayapti. Buning oqibatida bandlik bo‘limlari va «mahalla yettiligi» oldiga aniq vazifalar qo‘yilmagan.
Shuningdek, tashkiliy migratsiya asosida fuqarolarni chet eldagi yuqori daromadli ishlarga yuborish tizimi yaratilgan bo‘lsa-da, aliment majburiyati bo‘lgan shaxslar bu imkoniyatdan foydalana olmayotgani ta’kidlandi.
Bunga amaldagi qonunchilik talablari sabab qilib ko‘rsatildi. Ya’ni fuqaro xorijga ishlashga ketishi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lashi yoki aliment oluvchidan yozma rozilik olishi shart. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda mutasaddilarga masalani chuqur o‘rganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan aliment to‘lovchi fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edi.