Sport

Eronning Jahon chempionatida ishtirok etishi ularning hayoti uchun xavfli — Tramp 

Donald Tramp Eron terma jamoasiga murojaat qildi
Foto: Goal.com

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida Eron milliy terma jamoasiga murojaat qilib, 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtirok xavfsizlik nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq emasligini bildirdi.

«Futbol bo‘yicha Eron terma jamoasi Jahon chempionatiga xush kelibsiz, lekin men ularning o‘z hayoti va xavfsizligi uchun u yerda bo‘lishi maqsadga muvofiq deb o‘ylamayman», – deb yozdi AQSh prezidenti.

Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida «G» guruhidan joy olgan bo‘lib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazishi belgilangan.

Turnir taqvimiga ko‘ra, forslar ishtirokidagi barcha guruh bosqichi uchrashuvlari AQSh hududida bo‘lib o‘tadi. Xususan, jamoa 15 va 21-iyun kunlari Los-Anjelesdagi stadionda, 26-iyun kuni esa Sietl shahrida maydonda bahslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Eron sport vaziri mamlakat Jahon chempionatida ishtirok etmasligi haqida bayonot bergan edi.