
Yaponiyaning Honda kompaniyasi elektromobillar bo‘yicha uchta yangi loyihani to‘xtatishga qaror qildi. Kolesa.kz yozishicha, kompaniya yaqin vaqt ichida ko‘proq gibrid modellarga e’tibor qaratadi.
Ma’lum qilinishicha, Honda elektromobillar bozoridagi talab kutilgan darajada bo‘lmagani sabab strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Avval kompaniya yangi elektromobil modellarini chiqarishni rejalashtirgan edi.
Endi esa Honda «0» liniyasiga kirgan uchta modelni ishlab chiqishni to‘xtatdi. Ular orasida Honda 0 SUV krossoveri, futuristik Honda 0 Saloon modeli va elektromobil sifatida qayta chiqarilishi rejalangan Acura RSX bor edi.
Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, ayniqsa AQSh bozorida elektromobillarga qiziqish pasaygani sabab bu modellarni ishlab chiqarish uzoq muddatda katta zarar keltirishi mumkin edi.
Dastlabki baholashlarga ko‘ra, loyiha yopilishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar taxminan $15,8 mlrdni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honda HR-V avtomobili keskin arzonlashgani ma’lum qilingandi. Model 109,9 ming yuan ($15 ming)dan taklif qilinmoqda.
Aksiya Dongfeng Honda tomonidan e’lon qilingan kampaniya doirasida HR-V bilan birga Honda Civic modeli ham maxsus moliyaviy shartlar bilan sotilmoqda