Gadjetlar

Honor X80 GT katta batareya bilan taqdim etilishi kutilmoqda

13 ming mA/soat sig‘imli akkumulyator
Honor 13 ming mA/soat batareyali yangi smartfon chiqarmoqchi
Foto: Grok SI

Honor kompaniyasi juda katta batareyaga ega yangi smartfon ustida ishlamoqda. Huawei Central ma’lumotiga ko‘ra, Honor X80 GT modeli 13 ming mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan taqdim etilishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, qurilmaning haqiqiy batareya sig‘imi 13 080 mA/soatni tashkil qiladi. Bu esa smartfonlar orasida eng katta batareyalardan biri bo‘lishi mumkin.

Yangi model 2026-yilning birinchi yarmida taqdim etilishi kutilmoqda. Agar ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Honor tarixidagi eng katta batareyali smartfon bo‘ladi.

Kompaniya o‘tgan yili ham katta batareyali qurilmalarni taqdim etgan edi. Masalan, Honor Win seriyasi va Honor Power 2 smartfonlari 10 ming mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Honor Magic V6 smartfoni taqdim etilgani haqida xabar berilgandi. Honor Magic V6 smartfoni Snapdragon 8 Elite Gen5 protsessori va 7150 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerodli batareya bilan jihozlangan.