Ichki ishlar xodimlarining muomalasi va tergov sifati bo‘yicha norozilik ko‘p — prezident

eʼlon qilindi
148 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi
IIV
Foto: IIV

O‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘payganini qayd etdi.

Yig‘ilishda tizim mas’ullari har bir ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan bolalar masalasi ham ko‘tarildi. Bu bo‘yicha 448 nafar fuqaro byurokratik to‘siqlardan shikoyat qilgan. Davlat rahbari hali murojaat qilmaganlar ham ko‘pligini ta’kidlab, Adliya vazirligiga muammoni sodda tartibda hal qilish bo‘yicha yechim ishlab chiqishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahallalarda aholi turmushini yaxshilash uchun 56 trln so‘m ajratilishi haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari shuncha mablag‘ va imkoniyatlar berilayotganiga qaramay, joylarda muammolar to‘liq hal etilmayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Shuningdek