Toshkentda Navro‘z munosabati bilan otliq parad bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan 14-mart kuni soat 16:00 da otliq paradi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Otliq paradi poytaxtning markaziy qismi bo‘lgan Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanadi. Tadbir O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda poytaxtdagi kuch tuzilmalari kavaleriya bo‘linmalari qatnashishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-yanvar kuni ham Toshkent ko‘chalarida harbiylar ishtirokida parad bo‘lib o‘tgan edi. 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi o‘tkazilgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda qatnashishi haqida xabar bergan edi.