Toshkentdagi tirband chorrahalarda qo‘shimcha yo‘llar ochiladi

eʼlon qilindi
«Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida
tirbandlik
Foto: depositphotos

Toshkentda tirband chorrahalarda qo‘shimcha yo‘llar ochish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari boshlanadi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Dolzarb 90 kun» dasturi haqida ham ma’lumot berildi, deb xabar berdi «Kursiv» muxbiri.

Dasturga ko‘ra, eng tirband hududlarda 10 ta chorraha rekonstruksiya qilinadi va qo‘shimcha 4 ta yangi yo‘l ochiladi. Bu choralar transport oqimini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, shaharda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar rejalashtirilgan. Jumladan, 472 kmda yo‘l harakatini tashkil etish loyihalari tayyorlanadi. 347 km yo‘lda avtobus yo‘laklari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, shahardagi 7,8 mingta svetofor yangilanadi va 2,7 mingta svetoforga taymerlar o‘rnatiladi.

Yo‘llarni ta’mirlash ishlari ham davom etadi. Rejaga ko‘ra, 256,8 ming kvadrat metr yo‘l joriy ta’mirdan chiqariladi. 472 km yo‘l chiziqlari yangilanadi, 6,3 mingta yangi yo‘l belgisi o‘rnatiladi.

Piyodalar uchun ham qulayliklar yaratiladi. 1,3 mingta piyodalar o‘tish joyi tartibga keltiriladi va 105 km trotuar ta’mirlanadi.

Shuningdek, 1,2 mingta avtobus bekati yangilanadi va 30 mingta avtomobil uchun yangi avtoturargoh joylari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) bo‘lim boshlig‘i Ollayor Norbo‘tayev Toshkentda yo‘l o‘rtalariga o‘rnatilayotgan panjaralar masalasi hozircha tajriba sifatida o‘rganilayotganini bildirgandi.

Mutasaddining aytishicha, yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari har bir chorraha va ko‘chani alohida o‘rganmoqda. Ushbu ma’lumotlar asosida qaysi joylarda panjara o‘rnatish kerakligi yoki kerak emasligi aniqlanadi.

Shuningdek