Avto

Toyota 550 mingdan ortiq krossoverini qaytarib olmoqda

Sabab avtomobillarda o‘rindiq suyanchig‘i mexanizmi to‘g‘ri qulflanmasligi
Foto: Toyota

Toyota AQShda 550 mingdan ortiq krossoverni qaytarib olishga majbur bo‘ldi. Sabab — ayrim avtomobillarda o‘rindiq suyanchig‘i mexanizmi to‘g‘ri qulflanmasligi mumkin. Bu haqda Motor1 nashri xabar berdi.

National Highway Traffic Safety Administration (NHTSA) ma’lumotiga ko‘ra, muammo 2021–2024-yillarda ishlab chiqarilgan quyidagi modellarga taalluqli:

  • Toyota Highlander
  • Toyota Highlander Hybrid

Jami 550 007 ta avtomobil ushbu qaytarib olish kampaniyasiga kiritilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘rindiq suyanchig‘i sozlangandan so‘ng to‘liq qulflanmasligi mumkin. Bu esa yo‘l-transport hodisasi paytida jarohatlanish xavfini oshiradi yoki hatto avariya yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Muammoni bartaraf etish uchun avtomobil egalari o‘z mashinalarini rasmiy dilerlik markazlariga olib borishlari kerak. Servis markazlari o‘rindiq mexanizmidagi qaytaruvchi prujinalarni bepul almashtirib beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW nega 147 mingdan ortiq avtomobilni chaqirib olayotgani haqida yozgandi.