14-mart kuni metan «zapravka»lar cheklangan vaqtda faoliyat yuritadi
eʼlon qilindi
4 soat davomida ishlaydi

14-mart kuni metan «zapravka»lar soat 12:00 dan 16:00 gacha xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Farg‘ona vodiysidagi yonilg‘i quyish shoxobchalari esa hokimliklar bilan kelishilgan tartibda, gaz bosimi va texnik imkoniyatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Fuqarolarga ushbu vaqtda xizmatdan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 14-martdan boshlab respublikadagi barcha metan «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanishi haqida xabar berilgan edi.